1

Harorat 23-28° atrofida bo`ladi

Jamiyat 06.05.2024, 08:00
Harorat 23-28° atrofida bo`ladi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi, respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo`ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida kisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin , baland tog`larda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko`chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-16° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1