Isroil hukumati bir ovozdan Qatarning Al Jazeera telekanali faoliyatini to`xtatishga qaror qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi
“Bizning farmonlarimiz kuchga kiradi. Davlat xavfsizligiga putur etkazayotgan Al Jazeera‘ning yaxshi moylangan provokasion mashinasini to`xtatish uchun juda ko`p keraksiz qonuniy to`siqlar bo`ldi”, — dedi Isroil aloqa vaziri Shlomo Karxi.
Vazir endilikda Al Jazeera‘ga Isroilda faoliyat yuritish taqiqlanishi, telekompaniyaning jihozlarini musodara qilish haqida buyruq chiqarishi mumkinligini aytdi.
“Hukumat bir ovozdan qaror qildi: Isroilda Al Jazeera provokasion kanali yopiladi”, — deydi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
Isroil razvedka xizmati mamlakatdagi Al Jazeera byurosini yopish taklifini qo`llab-quvvatlagan. 2023 yil noyabrida Isroilda Livanning Al Mayadeen telekanalini faoliyati taqiqlangan edi.