1

To`rtta hududda ish va o`qishga kiritaman deb katta pul olganlar ushlandi

Jamiyat 06.05.2024, 12:13
To`rtta hududda ish va o`qishga kiritaman deb katta pul olganlar ushlandi

Ishga va o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

 Departamentning Nukus tuman bo`limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.N. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog`iston filialiga ishga kiritib qo`yishi evaziga 40 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Nukus shahar bo`limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro J.Yu.ni tanishlari yordamida 8 mln so`m evaziga “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ Mahalliy yo`nalishlarda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish filialiga ishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 2,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.

Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda tuman obodonlashtirish boshqarmasi haydovchisi S.S. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, uni boshqarma boshlig`i F.A. orqali ishga kiritib qo`yishi evaziga 150 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.

Departamentning Ulug`nor tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Paxtaobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi xo`jalik mudiri A.U. fuqaro X.A.ning turmush o`rtog`ini ushbu texnikumga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1