1

Qurilish vazirligining hududiy bo`linmalaridagi 40 nafar mansabdor tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgani aniqlandi

Jamiyat 06.05.2024, 12:50
Qurilish vazirligining hududiy bo`linmalaridagi  40 nafar mansabdor  tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgani aniqlandi

Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholash natijalariga ko`ra, vazirlik  71 ball bilan “qoniqarli” toifadan joy olgan.

Tizimda 2023 yil 458 nafar shaxsga nisbatan 227 ta korrupsiyaviy jinoyat ishi sudlar tomonidan ko`rilgan.

Kapital qurilish sohasida sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarga asosan qalbaki hujjatlardan foydalanib mablag`larni o`zlashtirish, qonunbuzilish holatlariga ko`z yumish kabi omillar sabab bo`lmoqda.

Vazirlikning  hududiy bo`linmalaridagi jami 40 nafar mansabdor shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  aniqlanishicha, 2023 yilda respublika bo`yicha 1630 ta qurilish ro`yxatdan o`tkazilmagan.

Vazirlik markaziy devonida 2 nafar, Sirdaryoda 17  nafar, Namangan va Farg`ona viloyatlarida 9 nafardan mansabdor shaxs muqaddam korrupsiyaviy jinoyatlar uchun sudlangan.

Ochiqlik indeksining 2023 yil yakunlariga ko`ra, vazirlik 52,1 ball (maksimal 100 balldan) bilan vazirliklar kesimida 16-o`rinni egallagan holda “qizil” toifada qayd etilgan.

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholash natijalariga ko`ra,  71 ball bilan “qoniqarli” toifadan joy olgan.

Tahlillar natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko`rish to`g`risida vazirlikka taqdimnoma kiritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1