1

Namanganda ofis boshlig`i bank kassasidagi 1,5 mlrd so`mni o`zlashtirgani aniqlandi

Jinoyat 06.05.2024, 18:02
Namanganda ofis boshlig`i bank kassasidagi 1,5 mlrd so`mni o`zlashtirgani aniqlandi

Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida bank kassasidagi 1,5 mlrd so`mni o`zlashtirgan ofis boshlig`i aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududiy tijorat bankining Yangiqo`rg`on bank xizmatlari ofisi boshlig`i D.Sh. kassa xodimlari M.A. va O.T.ga filial kassasidagi 1,5 mlrd so`mni go`yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, ushbu pullarni hech qanday hujjatsiz olib ketib, noqonuniy o`zlashtirgan pullari hisobidan Chust tumani, “Guliston” MFY hududida qurilgan ko`p qavatli uydan 3 xonali kvartira hamda “Malibu” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1