1

O`qituvchi farzandi avariya bo`lgani sabab darsdan ketgani uchun jazolandi

Jamiyat 06.05.2024, 20:49
O`qituvchi farzandi avariya bo`lgani sabab darsdan ketgani uchun jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi 15-umumta`lim maktabida yuqori sinf o`quvchilariga dars o`tilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasining holatga izoh berishicha, 4 may kuni 11-“A” sinf o`quvchilari uchun 5-soat fizika fani o`tilishi kerak bo`lgan. Fizika fani o`qituvchisi 5-soat dars jarayonlari boshlanishida uning farzandi yo`lda avtohalokatga uchrab, kasalxonaga tushib qolgani haqidagi xabarni eshitib, maktab rahbarlarini ogohlantirmasdan chiqib ketgan va darsni ochiq holda qoldirgan. 

Xuddi shunday, 11-“B” sinf o`quvchilariga 5-soat ingliz tili fani o`tilmagani bo`yicha o`rganishlar olib borilganida, 11-“B” sinfiga 5-soat darsi chet tili fani xonasida o`tilganini o`quvchilar tasdiqlagan va darsda 8 nafar o`quvchi qatnashganini bildirgan. 

Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan dars jarayonlarini nazorat qilmagani uchun sinf rahbarlari va mas`ullarga intizomiy jazo choralari qo`llanadigan bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1