1

Qo`shimcha poezdlar harakati 10, 11, 12 may kunlari amalga oshiriladi

Jamiyat 07.05.2024, 11:02
Qo`shimcha poezdlar harakati 10, 11, 12 may kunlari amalga oshiriladi

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yilning 10, 11, 12 may kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

 Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1