1

Nukus – Olmaota – Nukus yo`nalishida aviareyslar qo`yilmoqda

Jamiyat 07.05.2024, 12:06
Nukus – Olmaota – Nukus yo`nalishida aviareyslar qo`yilmoqda

Endi Nukusdan Olmaotaga ham uchish mumkin bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston havo yo`llari matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 1 iyundan parvozlar chorshanba va shanba kunlari quyidagicha amalga oshiriladi:

- Nukusdan jo`nab ketish soat 10:05, Nukus vaqti bilan;

- Olmaotaga etib kelish soat 12:15, Olma-ota vaqti bilan;

- Olmaotadan jo`nab ketish soat 13:15, Olma-ota vaqti bilan;

- Nukusga etib kelish soat 15:45, Nukus vaqti bilan.

Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 064 000 so`mdan, Nukus – Olmaota – Nukus yo`nalishi bo`yicha esa 1 849 000 so`mdan boshlanadi.

Nukusdan Moskva va Istanbulga ham uchish mumkin.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1