1

Avtomobillarni qayta ro`yxatdan o`tkazish narxi eski holatga qaytdi

Jamiyat 07.05.2024, 13:39
Avtomobillarni qayta ro`yxatdan o`tkazish narxi eski holatga qaytdi

Avtomobillarni qayta ro`yxatdan o`tkazish narxi eski holatga qaytdi, 68 barobarga arzonladi .

2024 yil 3 maydan boshlab avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarni qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to`lov undirilishi belgilandi .

Yangi tartib bilan avtomobillar va elektromobillarni qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun to`lovlar kamaytirildi va BHMning 10 foizigacha qaytarildi. Shu bilan birga, oshirilgan ro`yxatga olish to`lovlari (odatiy avtomobillar uchun BHMning 6,84 baravari va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o`zgarishsiz qoldi.

Ichki ishlar vazirligi va Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtomashinalarni ro`yxatdan o`tkazish stavkalari oshishi sabablarini hali izohlamadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1