1

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda transport harakati to`xtatiladi

Jamiyat 07.05.2024, 14:02
Teglar: Xorazm, Qoraqalpog`iston, bog`lovchi ko`prik
Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda transport harakati to`xtatiladi

Amudaryo ustidan o`tuvchi qo`shma ko`prikda 7-9 may kunlari avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida Qipchoq – Blokpost stansiyalari oralig`idagi temiryo`l kesishmasini jihozlash bo`yicha qo`shimcha ishlar olib boriladi. Shu munosabat bilan 2024 yil 7 may kuni soat 14:00 dan 2024 yil 9 may soat 14:00 gacha qo`shma ko`prikda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to`xtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati Qipchoq ponton ko`prigi orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, 29 fevral kuni Prezident Amudaryo ustidan qurilgan ushbu ko`prikni ochib bergan edi. Ko`prikning uzunligi 423 metr. U bilan birga Shovot—Qorao`zak bekatlarini bog`laydigan 85 kilometrlik temiryo`l hamda 3 ta vokzal ham qurilgan.

Bu inshoot samarasida yo`lning o`tkazish qobiliyati 4 barobarga oshib, bir kecha-kunduzda 12 ming avtomobil harakatlanadi. Natijada 48 ming yo`lovchining 2 soat vaqti tejaladi va daryodan xavfsiz o`tishi ta`minlanadi.

Ma`lumot uchun, ko`prik ikki tarafga qarab 24 juft poezdni o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lib, bu orqali temiryo`l masofasi 180 kilometrga, yuk tashish tezligi esa 6 soatgacha qisqaradi. Bu esa mahalliy yuklarni tashish hajmini yiliga 2 barobarga oshirish, tashish tannarxini 2 barobarga kamaytirish imkonini beradi. Ushbu temiryo`l orqali Qozog`iston va Rossiyaga ham yangi yo`nalishlar ochiladi.

Sharhlar

Xorazmda bog`cha opa bolalarni kaltaklab, barmog`iga igna sanchdi(video)

06.05.2024, 17:56

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat...
Xorazmda yurist pora bilan qo`lga tushdi

02.05.2024, 14:12

O`tkazilgan tezkor tadbirda Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligining yuriskonsultiM.S. “Yu.Q.” fermer xo`jaligiga qarashli 70 gektar er maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga  o`tkazib berishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh...
Xorazmda 38 yoshli ayol uyiga kelgan mehmon ayolni o`ldirib qo`ygan

22.04.2024, 18:36

Xorazmda bir ayol uyiga mehmon bo`lib kelgan ayolni o`ldirib, hovliga ko`mib yuborgan. Bu haqda Xorazm viloyati prokraturasi xabar berdi.Joriy yilning 17 aprel kuni sodir bo`lgan....
Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 kishi zo`rlagani bo`yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborildi — Bolalar Ombudsmani

06.04.2023, 13:32

Sal avval, Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 erkak zo`rlagani, ularning 3 nafari hibsga olingani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani rasmiy rasmiy bayonot berdi. Qayd...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1