1

“Rossiyaning rejalari o`zini oqlamadi”

Dunyo 07.05.2024, 15:42
Teglar: Germaniya kansleri, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari
“Rossiyaning rejalari o`zini oqlamadi”

Rossiyaning rejalari o`zini oqlamadi. Olaf Shols 6 may kuni Rigada Latviya, Litva va Estoniya bosh vazirlari bilan uchrashuvda aytib o`tdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

"Evropani parchalash va NATOni zaiflashtirish o`rniga, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida ularning birdamligi mustahkamlandi. Germaniya Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimoliga qarshi global birdamlikni ilgari surishda davom etadi. Ushbu urushda yadro qurolidan foydalanish mumkin emasligini baland ovozda e`lon qilish har doim muhim", — deya ta`kidladi kansler.

Bundan tashqari, Shols Evropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag`larni nafaqat Evropada, balki butun dunyo bo`ylab Ukraina uchun qurol sotib olishda foydalanish imkoniyatini ko`rib chiqishga chaqirdi. 

"Bu mablag`larning qariyb 90 foizini Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari uchun ishlatish to`g`risida kelishuv mavjud, ammo uni Evropadan sotib olish majburiyati yo`q. Chunki hozir eng muhimi, yangi zavod qurilishi emas, balki qurollarni tezda etkazib berishdir. Bu variant kelishib olinmoqda va gap yiliga milliardlab evro haqida ketmoqda", — dedi Shols.

Evropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukraina uchun qurol sotib olishda foydalanishga qarshi bo`lgan davlatlar unga gumanitar yordam ko`rsatish bilan cheklanishni taklif qilmoqda

Avvalroq nashr Malta, Lyuksemburg va Vengriya Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenning Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga qurol sotib olish uchun foydalanish taklifiga qarshi chiqqani haqida xabar bergan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1