1

Putin yana olti yilga Rossiya Prezident bo`ldi

Dunyo 07.05.2024, 17:00
Putin yana olti yilga Rossiya Prezident bo`ldi

Vladimir Putin yangi olti yillik muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Bu haqda Konstitusiyaviy sud raisi Valeriy Zorkin ma`lum qildi.

Putin xalqqa qasamyod qildi. Zorkin Putinga prezidentlik hokimiyati ramzlarini, jumladan, prezidentlik nishonini – Rossiya Federasiyasi gerbi va Avliyo Georgiyning oltin xochini topshirdi.

Bu Putinning davlat rahbari sifatida beshinchi muddatga saylanishi. Uning dastlabki ikki muddati to`rt yil davom etdi. Rossiya Konstitusiyasiga o`zgartirishlar kiritilgandan so`ng, davlat rahbarining vakolati 6 yilga uzaytirildi.

Putin o`zining birinchi olti yillik muddatini 2012 yilda, ikkinchi muddatini 2018 yilda boshqargan. 2020 yilda Asosiy qonunga kiritilgan o`zgartirishlardan so`ng u 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ldi va bu saylovda rekord darajadagi 87,28% ovoz bilan g`alaba qozondi.

Putinning amaldagi vakolati 2030 yil 7 mayda tugaydi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1