Navoiyda bo`lib o`tayotgan “Kinokarvon” tadbirlari doirasida Uchquduq tuman yoshlar markazida ijodiy uchrashuv hamda “Sudya” filmi namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, harbiylar, ularning oila a`zolari va talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida ijodiy jamoa Navoiyning Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahridagi madaniyat markazlarida aholi bilan ijodiy uchrashuvlar o`tkazdi va milliy filmlar namoyishi bo`lib o`tdi.
Kinematografiya agentligi hamda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi hamkorligida o`tkazilayotgan “Kinokarvon” bundan oldin Farg`ona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida bo`ldi. Aksiya butun respublika bo`ylab o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, qolgan viloyatlarda ham ijodiy safarlarini davom ettirishi ko`zda tutilgan.