1

777 raqam sohibining avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

Jinoyat 07.05.2024, 18:04
777 raqam sohibining avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

Bank kreditidan 306 mln. so`m miqdorida qarzi mavjud shaxsning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda MIB xabar berdi. 

Aniqlanishicha, sudning qaroriga ko`ra da`vogar ATB "Kapitalbank" foydasiga javobgar D. M. dan kredit va uning foizlaridan 306 mln. so`m undirish belgilangan. 

Byuroning Chortoq tuman bo`limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davrida, qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddatda sud qarorida ko`rsatilgan mablag`ni to`lab qo`yish yuzasidan ogohlantirilgan. 

Biroq, qarzdor "olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim"  qabilida ish tutib, majburiyatni bajarmagan. Shundan so`ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Tezkor ma`lumotlarga ko`ra, qarzdorga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport rusumi borligi aniqlangan. 

Lekin D.M. qarzdorlik to`lamasdan, avtomashinada harakatlanishni davom ettirgan.

Oxir oqibat bugungi o`tkazilgan tadbir davomida KIA rusumli mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1