O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo`ladi.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz etakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig`ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G`alabaning 79 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.