1

Andijonlik qochoq ota G`azalkentdan topildi

Jamiyat 07.05.2024, 20:06
Andijonlik qochoq ota G`azalkentdan topildi

Aliment to`lovidan qochib yashirinib yurgan andijonlik ota G`azalkentdan topildi.

Xo`jaobod tumanlararo sudi buyrug`iga asosan undiruvchi Sh.E. foydasiga qarzdor Q.E.dan uch nafar voyaga etmagan farzdalari ta`minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.

Biroq, qarzdor shta davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay 20, 2 mln. so`m aliment qarzdorligini to`lashdan qasddan bo`yin tovlaganligi sababli, unga nisbatan jinoyat ishlari bo`yicha Marhamat tuman sudi tomonidana15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qarzdor qamoqdan ham xulosa chiqarmasdan yana 9 mln. so`mdan ziyod aliment qarzini to`lamasdan kelgan.

Shunga ko`ra, MIBning Buloqboshi tuman bo`limi tomonidan qarzdor Q.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Qarzdor surishtiruv-tergov harakatlaridan qochib yashirinib yurganligi sababli, boshqarmaning qidiruv sho``basi tomonidan qidiruv harakatlariga kirishilgan.

Qidiruv tadbirlari davomida, dastlab qarzdor Q.E. Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi qurilish korxonasida ishlashi ma`lum bo`lgan. Biroq, mazkur manzilga borilganda qarzdor Toshkent viloyati,  Bo`stonliq tumani, G`azalkent shaharchasidagi tosh saralash korxonasida ishlashi aniqlangan. 

Tezkor qidiruv tadbirlari samarali yakunlanib, qarzdor Q.E. yuqorida qayd etilgan manzildan topildi va Andijon viloyatiga olib kelindi.

Surishtiruv ishlari davomida aliment to`lashdan yashirinib yurgan ota alimentdan bo`lgan 9,1 mln. so`m qarzini to`liq to`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1