1

Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi

Jamiyat 07.05.2024, 23:00
Toshkentda harbiylar namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi

8 may kuni Toshkent shahrining asosiy ko`chalarida Mudofaa vazirligi qo`shinlari harbiy bo`linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi.

Ushbu tadbir Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaga hissa qo`shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko`rsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg`ularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etiladi. 

"G`alaba bog`i" yodgorlik majmuasi (Sag`bon va Zarqaynar ko`chalari orqali) – O`zbekiston davlat tabiat muzeyi – "Chorsu" bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko`chasi) – "Xalqlar do`stligi" san`at saroyi (O`zbeksiton shoh ko`chasi va Furqat ko`chasi) – "Magic City" maydoni (Furqat ko`chasi) yo`nalishi bo`ylab harakatlangan harbiy bo`linmalarning "Magic city" maydonidagi to`xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo`l jangi ustalarining ko`rgazmali chiqishlari, bo`linmalarning jangovar chaqirig`i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Harbiy bo`linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8 may kuni soat 14:00 da "G`alaba bog`i" yodgorlik majmuasidan boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1