Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi.
Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani, Oraziy qishlog`i hududida joylashgan.
Nafaqat insonlar va me`morchilik ixlosmandlarini o`zining ulug`vorligi va go`zalligi bilan lol qoldiruvchi, balki “Muhtasham yuz yil” seriali muxlislarini ham hayratga soladigan noyob ushbu me`moriy mo``jiza oddiy mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Beton qal`a bilan o`ralgan, qal`a kattaligi jihatidan hayratlanarli — u 55 ta xonani o`z ichiga oladi.
Bino Turkiyadagi To`pqopi saroyining to`liq nusxasiga o`xshaydi.
Aynan shu uchun ham video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining turli munozaralariga sabab bo`lmoqda.
Hatto, bino egasi "Muhtasham yuz yil" serialini bitta ham qoldirmasdan rossa qunt bilan tomosha qilib, niyat qilganmi” degan gaplar tarqalib ketdi.
Facebook’da tarqalgan videolardan birida fikr qoldirgan “Xalilulloh Habibulloh Ög`li” ismli foydalanuvchi bino egasi ekanligini bildirib, o`zining fikrlarini qoldirgan.
"Men videodagi bino egasi bo`laman, uyni qiblagohimiz dadam qurganlar. Bino yashash maqsadida qurilmagan, qizlar madrasasi, keyinroq esa bolalar bog`chasi qilishga harakat qildik, rasmiy ruxsat olish va moddiy sabablar bilan ikkisi ham nasib etmadi. Bilib bilmay har baloni gap deb ko`tarib yurish na musulmonchilikka va na insoniylikka to`g`ri kelmaydi”— deydi Halilulloh Habibulloh o`g`li.
15.05.2024, 14:54
Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...01.05.2024, 15:06
Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...10.08.2023, 20:43
Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...01.02.2023, 09:59
Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...