1

Qozog`iston Respublikasiga kirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritildi

Dunyo 08.05.2024, 20:46
Qozog`iston Respublikasiga kirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritildi

Qozog`iston Respublikasiga kirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istonga kirish va chiqishda fuqarolarimizga barcha zarur hujjatlarni o`zlari bilan olib yurishni tavsiya qiladi

Shu bilan birga, O`zbekiston-Qozog`iston yoki Rossiya-Qozog`iston chegarasini kesib o`tishda nafaqat Qozog`istonga, balki Rossiya Federasiyasiga ham kirishda hech qanday to`siqlar yo`qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog`iston o`rtasidagi ma`muriy va jinoiy ishlar bo`yicha qarorlarni o`zaro tan olish va ijro etish to`g`risidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog`istonning vakolatli organlari Rossiya Federasiyasining migrasiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to`lanmagan jarimalar mavjudligi bo`yicha tekshiruv o`tkazadilar.

Agar Rossiya Federasiyasida bo`lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to`lanmagan jarima aniqlansa, Qozog`iston tomoni O`zbekiston fuqarosining Qozog`istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to`g`risida qaror qabul qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Qozog`istonga kirish va chiqish bilan bog`liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O`zbekiston fuqarolariga Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi Migrasiya masalalari bo`yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti "Xizmatlar" bo`limida (https://servis.guvm.mvd.rf.) maxsus onlayn shaklni to`ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun taqiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1