1

Frontdan kelgan 3 mingdan ortiq xat qaerda saqlanyapti?

Jamiyat 09.05.2024, 12:00
Frontdan kelgan 3 mingdan ortiq xat qaerda saqlanyapti?

Mavluda Shorahbarova, O`zbekiston milliy arxivi bo`lim mudiri: 

- Frontdan kelgan xatlar O`zbekiston milliy arxivida maxsus haroratli xonada saqlanadi. Ya`ni qog`ozlarni uzoq yillar o`z holatida saqlash uchun xona haroratining ham ahamiyati katta. Bugungi kunda arxivda Front ortidan yozilgan 3 mingdan ortiq xat bor. Bu xatlar o`sha paytda chop etiladigan gazetalarga yozilgan. Ba`zilari chop etilgan. Chunki askarlarimiz o`zining yozganlari orqali xabar berib, o`zining sog`-salomatligini oilasiga, yaqinlariga ma`lum qilib turishgan. Xatlarni o`qiganimizda o`zimiz ham o`sha muhitga tushib qolgandek bo`lamiz. Aksariyatlari juda sodda, oddiy yozilgan. Men sog`man, bugun mana bu chegaradan o`tdik, men 10 ta dushman askarini yo`q qildim, degan jumlalar xatlarda tez-tez uchraydi. Xatlarni o`qiganda doim ta`sirlanamiz. 

Eng eski xat 1941 yilda, urush boshlanganda yozilgan. Eng oxirgisi 1945 yil, urush tugaganda yozilgan.

Batafsil bu erda tomosha qilishingiz mumkin:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1