1

Bahodir Sidiqov O`zbekiston engil atletika federasiyasi raisi etib saylandi

Sport 09.05.2024, 12:35
Bahodir Sidiqov O`zbekiston engil atletika federasiyasi raisi etib saylandi

Milliy Olimpiya qo`mitasida Engil atletika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda mamlakat engil atletikachilarining “Parij-2024” yozgi Olimpiya o`yinlariga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqildi.

Shuningdek, kun tartibidagi asosiy masala ko`rib chiqildi.

Federasiya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullaevning o`z xohishiga ko`ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan qanoatlantirildi.  

Ijroiya qo`mitasi tavsiyasiga va delegatlarning ovoz berishi natijasida “O`zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov O`zbekiston engil atletika federasiyasining raisi etib saylandi.

Yig`ilish yakunida Olimpiya o`yinlariga tayyorgarlikning borishi, o`tkazilayotgan o`quv-mashg`ulot yig`inlari, kutilayotgan musobaqalardagi ishtirok ko`rib chiqildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1