1

Kartalardagi pullarni o`zlashtirib yurgan Markaziy bank "xodimi" qo`lga tushdi

Jinoyat 09.05.2024, 21:08
Kartalardagi pullarni o`zlashtirib yurgan Markaziy bank "xodimi" qo`lga tushdi

Kartalardagi pullarni o`zlashtirib yurgan xorazimlik Markaziy bank "xodimi" qo`lga tushdi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Namangan viloyati, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) U.J.ning bank kartasidagi 4,1 mln so`m pullar g`oyib bo`ldi.

O`tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida tug`ilgan, Urganch shahrida yashovchi 25 yoshli Q.J sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Q.J. internet foydalanuvchilariga o`zini  Markaziy bankning mutaxassis xodimi sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bank karta ma`lumotlarini qo`lga kiritib, bank kartalarida saqlangan pullarni o`g`irlab, qing`ir yo`llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan K.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o`g`rilik, qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1