1

Tailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo`yicha Jahon kubogi boshlandi

Sport 10.05.2024, 09:47
Tailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo`yicha Jahon kubogi boshlandi

Tailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo`yicha Jahon kubogi boshlandi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qildi.

Musobaqaning dastlabki kunida ayollar o`rtasida -67 kg vazn toifasida Qudratoy Toshpo`latova 122 kg natija bilan kumush medalga sazovor bo`ldi. Shuningdek, erkaklar o`rtasida -65 kg vazn toifasida Sanjar Allaberganov 177 kg natija bilan kuchli uchlikdan joy oldi va bronza medalini qo`lga kiritdi.

Ta`kidlash kerakki, ushbu natija orqali Qudratoy Toshpo`latova o`z vaznida jahon reytingida kuchli beshlikka kirgan bo`lsa, Sanjar Allaberganov 10-pog`onaga ko`tarilib oldi.

Pattayadagi Jahon kubogi 11 mayga qadar davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1