1

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog`idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda

Jamiyat 10.05.2024, 12:00
Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog`idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog`idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Hozirda amalga oshirilayotgan yirik investisiya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish o`rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o`rta korxonalar kerakligi ta`kidlandi.

Bu borada eng katta zaxira mahalliy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim bo`lgan muammolar bor.

Yig`ilishda ayrim vazir va hokimlar bu soha tadbirkorlarini eshitmayotgani, tayyor imkoniyatlardan to`g`ri foydalana olmayotgani ko`rsatib o`tildi.

O`tgan yili charmsanoatda ishlab chiqarish hajmi o`sib, qariyb 3 trillion so`mga etdi. Lekin, shuni yarmi Andijon va Farg`onaga to`g`ri keladi.

Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpog`iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emas.

Mahsulotiga bozor topish, aylanma mablag` masalalari sababli ayrim korxonalar o`tgan yilni zarar bilan yakunlagan. O`tgan yili charmsanoat eksportida tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz bo`lgan.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1