1

O`zbekistonda pilla etishtiruvchilar daromad solig`idan ozod qilindi

Jamiyat 10.05.2024, 13:35
Teglar: daromad solig`i, pilla etishtirish
O`zbekistonda pilla etishtiruvchilar daromad solig`idan ozod qilindi

Yig`ilishda sohaga ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi va innovasiyalari kirib kelmagani hisobiga urug`dan pilla olishda yo`qotishlar saqlanib qolayotgani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.


 

Shuningdek, dunyoda ipak mahsuloti importini 45 foizi to`g`ri kelayotgan Evropa bozoriga chiqish muhimligi qayd etildi.

 

Eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini, jumladan, pillani chuqur qayta ishlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili ishlab chiqaradigan quvvatlarni ko`paytirish zarur.


 

Pillachilik uchun ozuqa bazasi bo`lgan tutzorlarda yangi navli hosildor tut ekishini kengaytirish muhim. Bizdagi 1 million gektarga yaqin paxta maydoniga bir-ikki qatordan tut ekilsa, 50-60 ming tonna ozuqa zaxirasini shakllantirish mumkin.


 

Pillani xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past.


 

Shuning uchun ipakchilikni rivojlantirish bo`yicha kuni kecha imzolangan Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi.


 

Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun er solig`ining 10 foizi to`lanadi.


 

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa bo`ladigan 105 ming gektar er ajratish topshirildi. Bu erlar lotlarga bo`linib, auksionda beriladi, auksiondagi erning boshlang`ich narxi 10 foiz etib belgilanadi.


 

Yig`ilishda ipak olishning muqobil usullarini yo`lga qo`yish kerakligi ko`rsatib o`tildi.


 

Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo`lga qo`yilgan.


 

Bu yangi yo`nalishni o`zimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.


 

O`simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o`simligi va qurti urug`larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.


 

Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yo`qotishsiz yig`ib olinishini ta`minlash bo`yicha qator topshiriqlar berildi.

Sharhlar

YaTTlar uchun daromad solig`ining qat`iy summasi belgilandi

10.12.2019, 19:10

2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.Unga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining qat`iy belgilangan summalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1