1

Ertaga 8 ballik magnit bo`roni kuzatilishi prognoz qilinmoqda

Jamiyat 10.05.2024, 18:26
Teglar: magnit bo`roni
Ertaga 8 ballik magnit bo`roni kuzatilishi prognoz qilinmoqda

Ayni damda 8 ballik magnit bo`roni bo`layotgani haqida feyk xabarlar ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgandi. Ushbu xabar yuzasidan O`zgidromet munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, ayni damda Olmaota ionosfera institutiga ko`ra, 3 ballik magnit bo`roni kuzatilmoqda. Bu "o`ta kuchsiz" qo`zg`alish hisoblanadi.

8 ballik geomagnit qo`zg`alishlar ertaga 11 may kuni tushda bo`lishi kutilmoqda.

Quyoshning 3664—sonli dog`ida bir nechta M va X sinfga mansub Quyosh chaqnashlari sodir bo`lgani va undan ajralgan plazma to`g`ri Erga tomon oqib kelayotgani haqida Sinoptiklar xabar bergandi.

Er magnitosferasi monitoringini yurituvchi rus xizmati 11 mayga o`tar kechasidan boshlab, 12 may tushga qadar Erning magnitosferasi yuqori plazmani qabul qilishi hamda buning fonida sayyorada 11 may tushga yaqin 8 ballik kuchli geomagnit bo`roni kuzatilishini prognoz qilmoqda.

Sharhlar

Erni kuchli darajadagi magnit bo`roni qoplaydi – Cursorinfo

15.01.2022, 11:32

16 va 17 yanvar kunlari Erni kuchli kuchli darajadagi magnit bo`roni qoplaydi. Bu haqda "Cursorinfo" xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, bu hodisaning eng yuqori darajasi 16 yanvar...
O`zbekistonda bugun magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi

31.10.2021, 10:26

Haftaning so`ngi kuni, 31 oktyabrda O`zbekistonda magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi. Bu haqda gidrometeorologik ilmiy tahlillarga tayanib doktorant E. Abdulahatov xabar berdi. Qayd etilishicha, 30 oktyab...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1