1

Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy ob`ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi

Jamiyat 10.06.2024, 18:25
Teglar: elektr
Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy ob`ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi

Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bog`chaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident raisligida o`tkpzilayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Yangi ijtimoiy ob`ektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik bo`yicha qat`iy talab kiritish vazifasi qo`yildi.

Shuningdek, issiq oylarda ma`muriy va tijorat ob`ektlarini sovutishga qish bilan bir xil energiya sarflanayotgani ko`rsatib o`tildi. Shu munosabat bilan ma`muriy binolar, ko`p qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi bo`yicha texnik shartlarni ishlab chiqish topshirildi.  

Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy ob`ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog`cha, 393 ta maktab va internat ta`mirlanadi.

Sharhlar

May oyigacha elektrga to`lov qilinsa, narxlar eski tarifda hisoblanadi

21.04.2024, 16:18

1 maygacha hisob raqam to`ldirib qo`yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. Yangi...
Qobuldagi elektr stansiyasini portlatishni sodir etgan uch kishi qo`lga olindi

23.10.2021, 20:47

Afg`onistondagi elektr stansiyasida bo`lgan portlashni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z zimmasiga oldi.  Natijada Qobul elektr ta`minotisiz qolib ketdi, deya xabar bermoqda haama Press tashkilot bayonotiga...
Afg`onistonda elektr energiyasi bo`yicha muammo yuzaga kelmoqda

22.10.2021, 17:56

Afg`oniston poytaxti Kobul shahri va bir nechta viloyatlar elektr stansiyasida sodir bo`lgan portlash sababli elektrsiz qoldi. Bu haqda mamlakat energetika korporasiyasi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, poytaxtning...
Jizzaxda "uddaburon" elektromontyorning qilmishi fosh etildi

18.01.2021, 13:34

Jizzax shahrida fuqaroning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi haqidagi dalolatnomani yo`q qilib bermoqchi bo`lgan elektromontyor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati Darakchi.uzga ma`lum qildi.Xabarda aytilishicha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1