1

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”da qancha maosh olgani ma`lum bo`ldi

Sport 11.06.2024, 18:52
Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”da qancha maosh olgani ma`lum bo`ldi

O`zbekiston terma jamoasi hamda “SSKA” klubining hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev sobiq klubi “Paxtakor”da qancha maosh olgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda futbolchining o`zi “Pulnews” YouTube kanaliga bergan intervyusida ma`lum qilgan.

“17 yoshimda “Paxtakor”ning asosiy jamoasi o`yinlarida debyut qildim. Jamoadagi oylik maoshim 12 million 500 ming so`mni tashkil qilgan”, — deydi Abbosbek Fayzullaev. 

Moskvada to`p surayotgan Fayzullaev klubdagi maoshi haqida gapirmaslikni lozim topgan. 

“Shartnomamga ko`ra oylik maoshim haqida ma`lum qilolmayman. Moskvadagi xarajatlarim oyiga 4-5 ming dollarga etadi. Maoshimdan qolgan qismini oilamdagilarga beraman”, —deydi 20 yoshli o`zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaev. 

Abbosbek hozirda O`rta Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali Abbosbekni 6 million evroga baholagan. 

  • Abbosbek Fayzulaev 2023 yil “SSKA” safiga 500 ming evro evaziga ko`chib o`tgan edi.
  • Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o`yin o`tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
  • Futbolchi Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini egasiga aylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1