1

Futzal bo`yicha O`zbekiston Kubogi g`olibi aniqlandi

Sport 15.06.2024, 09:29
Futzal bo`yicha O`zbekiston Kubogi g`olibi aniqlandi

Futzal bo`yicha O`zbekiston Kubogi g`olibi aniqlandi. O`zbekiston Kubogi finali doirasidagi "Oil Star" – “BMB”uchrashuvi yakuniga etdi. 

Uchrashuvning 14-daqiqasida “BMB” jamoasining braziliyalik futzalchisi Hebbert Bolt hisobni ochdi, 0:1. Oradan 6 daqiqa o`tib, uchrashuvning 20-daqiqasida Hebbert Bolt raqib darvozasini ikkinchi bor ishg`ol qildi, 0:2. Shu tariqa birinchi taym yakunlandi.

 

Ikkinchi taym boshida esa Ilhom Hamroevning gol evaziga "Oil Star" jamoasi hisobni qisqartirdi, 1:2. 34-daqiqada esa Husniddin Nishonov “Oil Star” jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi, 2:2.

Asosiy vaqtda 2:2 qayd etilgan bo`lsa, qo`shimcha taymlarda hisob o`zgarmadi va bahs taqdiri penaltilar seriyasida hal etildi. 
 

Unda “BMB” 4:3 hisobida zafar quchdi va Kubokni o`ziniki qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1