1

Sadir Japarov hayit namozida ishtirok etdi

Dunyo 16.06.2024, 13:24
Sadir Japarov hayit namozida ishtirok etdi

Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 10 aprel kuni Bishkek shahridagi Imom Saraxsiy nomidagi markaziy jome masjidida hayit namozida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sadir Japarov masjidga tashrif buyurganlar bilan birga hayit namozini o`qidi. Qirg`iziston prezidenti bilan birga hayit namozida Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov, Bishkek meri Oybek Junushaliev, din arboblari vakillari ishtirok etdi.

Qirg`iziston prezidenti xalqqa yo`llagan tabrigida ramazon oyida xalqning hamjihatligi yanada mustahkamlanganiga ishonch bildirdi.

“Ota-bobolarimizdan bizga meros bo`lib qolgan oliyjanob fazilatlardan foydalanib, xalqimizga, davlatimizga xizmat qilaylik. Axir buning uchun bizda xohish, ishonch va iroda bor. Har birimiz milliy birdamlikni mustahkamlashga intilib, yurtimizning yorug` kelajagiga hissa qo`shaylik”, — dedi Japarov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1