1

Joylarda 41 darajagacha issiq bo`ladi

Jamiyat 16.06.2024, 16:50
Joylarda 41 darajagacha issiq bo`ladi

“O`zgidromet” 17 iyun, dushanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qilindi. Unga ko`ra

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba`zi joylarda o`zgaruvchan bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1