Butun musulmon ummati uchun muqaddas bo`lgan, ezgulik, saxovat, insonparvarlik va hamjihatlik kabi olijanob qadriyatlarni o`zida mujassam etgan, jamiyatda o`zaro hurmat va bag`rikenglikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bayrami munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar etakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.
Qutlovlarda davlatimiz rahbari va O`zbekistonning ko`p millatli xalqiga hurmat-e`tibor so`zlari, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan hamda do`stlik va ko`p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashga qat`iy intilish bildirilgan.
Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:
Ikki Muqaddas Masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;
Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri o`rinbosari, Prezident ishlari bo`yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Saudiya Arabistoni davlat vaziri, Vazirlar Kengashi a`zosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish`al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Saboh Holid al-Hamad al-Muborak as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Marokash Podshohi Muhammad VI;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.