1

O`zbekiston OTMlarida o`qiyotgan xorijlik talabalar soni aytildi

Jamiyat 16.06.2024, 21:56
O`zbekiston OTMlarida o`qiyotgan xorijlik talabalar soni aytildi

2024 yilning yanvar aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o`qish maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan. 

2024 yilning yanvar aprel oylarida O`zbekistonga o`qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 090 nafar;
Turkmaniston — 1 627 nafar;
Tojikiston — 758 nafar;
Qirg`iziston — 317 nafar;
Janubiy Koreya — 249 nafar;
Xitoy — 242 nafar;
Pokiston — 237 nafar;
Afg`oniston — 132 nafar;
AQSh — 118 nafar;
Qozog`iston — 102 nafar;
Boshqa davlatlar — 535 nafar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1