1

Hindistonda ikki poezd to`qnashib ketdi

Jamiyat 17.06.2024, 19:46
Hindistonda ikki poezd to`qnashib ketdi

Hindistonda ikki poezdning to`qnashuvi oqibatida halok bo`lganlar soni 15 kishiga etdi.

“G`arbiy Bengaliyadagi Yangi Jalpayguri yaqinida “Kanchanjunga Express”poezdi halokati oqibatida halok bo`lganlar soni 15 kishiga etdi. Baxtsiz hodisada yana 60 kishi tan jarohati oldi”, —deyiladi xabarida.

Poezdlar to`qnashuvi dushanba kuni ertalab yuz bergan. Yuk poezdi xuddi shu yo`nalishda ketayotgan yo`lovchi poezdiga borib urilgan. Natijada bir qancha yo`lovchi vagonlari relsdan chiqib ketgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yuk poezdi mashinisti to`xtash ishorasini o`tkazib yuborgan va keyin ikkinchi poezdga borib urilgan.

Shimoli-sharqiy chegara

temir yo`li vakillarining so`zlariga ko`ra, halokatda yuk poezdi mashinisti va mashinist yordamchisi ham halok bo`lgan.

Rasmiylar qurbonlar sonining kamligi yo`lovchi poezdining orqa tomoniga ikkita pochta vagonlari biriktirilgani bilan izohlangan.

To`qnashuv joyiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu, G`arbiy Bengaliya bosh vaziri Mamata Bannerji va mamlakat temir yo`l vaziri Ashvini Vaishnav etib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1