1

Toshkentdan Bo`stonliqqa olib boruvchi yo`lda yangi tunnel ochildi

Jamiyat 18.06.2024, 10:50
Toshkentdan Bo`stonliqqa olib boruvchi yo`lda yangi tunnel ochildi

Toshkentdan Bo`stonliqqa olib boruvchi yo`lda yangi tunnel ochildi. Bu haqda IIV JXD xabar qildi. 

Toshkent shahridan Bo`stonliqqa “Yangi O`zbekiston” yo`li tomondan borishda va qaytishda yangi qo`shimcha tarmoq yo`llaridagi qurilishning birinchi bosqichi tugallandi. Endi Chorvoq suv ombori tomon ketayotgan haydovchilar chorrahada tirbandlikda turishlari shart emas.

Tunneldan o`tish uchun yo`ldan o`ngga qarab ketish kerak.

Qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanish uchun 4R12 yo`lidan Yangi O`zbekiston ko`chasiga chiqish tashkil etildi.

Tunnel orqali og`ir avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorrahadan o`tishlari kerak.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1