1

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 18.06.2024, 12:21
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqdapoytaxt Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Ma`lum qilinishicha, 2024 yilning 17 iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko`chasida quyidagi 4 ta avtomashina

  • 1998 yilda tug`ilgan U.B. boshqaruvida bo`lgan Chevrolet Menlo;
  • 1999 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvida bo`lgan «VAZ-2106»;
  • 1992 yilda tug`ilgan M.R. boshqaruvida bo`lgan «VAZ-2107»;
  • 1990 yilda tug`ilgan B.R. boshqaruvida bo`lgan Nexia-2 ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida Menlo haydovchisi tan jarohat olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1