1

Navoiylik abiturient qiz muddatidan oldin maksimal ball to`pladi

Jamiyat 04.07.2024, 08:55
Navoiylik abiturient qiz muddatidan oldin maksimal ball to`pladi

Navoiylik bitiruvchi qiz o`zi o`qimoqchi bo`lgan yo`nalish uchun barcha mutaxassislik va majburiy fanlardan milliy sertifikatni qo`lga kiritdi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma`lum qildi.

Munavvara Cho`lieva Qiziltepa tumanidagi 17-umumta`lim maktabining 11-sinfini 2023/2024 o`quv yilida bitirgan. U 10-sinfligida ingliz tilidan til sertifikati va bilogiya fanidan milliy sertifikatni qo`lga kiritgan. 11-sinfda esa kimyo, o`zbek tili va adabiyot, tarix va matematika fanlaridan milliy sertifikat oldi. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan va bu fanlardan maksimal ball beradigan sertifikatga ega. Bunga qo`shimcha ravishda majburiy fanlardan ham milliy sertifikatni oldi. Bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta`lim muassasalariga kirishda to`plash mumkin bo`lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo`lganini bildiradi.

Ma`lumot uchun, tegishli tartibga ko`ra, umumta`lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo`lgan abiturientga bu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo`lgan abiturientga esa tegishli majburiy fanlar bo`yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1