Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar janjallashayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 iyul kuni taxminan soat 23:00 larda Sergeli tumani Qo`yliq-5 dahasida o`zaro tanish bo`lgan bir nechta fuqarolar K.F., B.A., T.J., F.R., I.U.lar og`zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketishgan.
Janjal natijasida uch nafar fuqaro tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki og`ir jarohat olganlar yo`q.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumondor shaxslar ushlangan. Tergov davom etmoqda.