1

“Ilmiy kengash barcha bildirilgan talab va takliflarni ko`rib chiqadi va zarurat bo`lsa o`zgartirish kiritiladi”

Jamiyat 04.07.2024, 18:40
“Ilmiy kengash barcha bildirilgan talab va takliflarni ko`rib chiqadi va zarurat bo`lsa o`zgartirish kiritiladi”

O`zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov o`tkazilayotgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans asosi” O`zbekiston olimlari forumining yalpi majlisida forum doirasida taklif kiritayotgan olimlar haqida gapirdi.

"Bir narsani aytmoqchimanki, bir qator olimlar kelib bizni fikrlarimizni eshitishmadi.  Nima uchun bizga quloq solishmayapti degan savollariga bunday fikrdan yiroq bo`linglar, dedim. Chunki, forumni tashkil qilishdan maqsad ham talab va takliflarni o`rganish. Shuncha olimlar bekordan bekorga yig`ilmadi, shuncha OAV vakillari ishlayapti. E`tibor bergan bo`lsalaring har bir forumda video bilan birgalikda ovozlar ham audio formatda yozib olinmoqda. Ilmiy kengash barcha bildirilgan talab va takliflarni ko`rib chiqadi va zarurat bo`lsa o`zgartirish kiritadi. Shu uchun barchadan iltimos qilardimki, xavotir olmanglar barchani fikri inobatga olinadi",–deydi Firdavs Abduxoliqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1