1

"Bilim va tajribalarini bir maqsad yo`lida safarbar etamiz". 500 dan ortiq olimlarning O`zbekiston prezidentiga murojati qabul qilindi

Jamiyat 04.07.2024, 19:52
"Bilim va tajribalarini bir maqsad yo`lida safarbar etamiz". 500 dan ortiq olimlarning O`zbekiston prezidentiga murojati qabul qilindi

3-4 iyul kunlari Toshkentda bo`lib o`tgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori”  respublika forumi ishtirokchilari loyihalarni muhokama qilib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga Murojaatnomani qabul qildi.

O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” Forumi mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy-ma`rifiy hayotida yorqin iz qoldirdi. 

Forumda yurtimizning barcha hududlaridan 500 dan ortiq etuk olimlar, fan arboblari, ekspertlar, yosh tadqiqotchilar, shuningdek, diniy soha vakillari ishtirok etdi. Ular 10 ta sho``baga bo`lingan holda Islom sivilizasiya markazining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi hamda uning tarkibidagi muzey ekspozisiyasini shakllantirishga bag`ishlangan 50 dan ortiq ma`ruzalarni tinglab, 600 ga yaqin taklif va mulohazalarini bildirdilar

Anjumanda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga forum ishtirokchilarining MUROJAATI qabul qilindi:

“Yurtimiz tarixida birinchi marta amalga oshirilayotgan noyob megaloyiha sifatida baholanayotgan O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazini barpo etish to`g`risidagi tashabbusingiz  muqaddas dinimizning tinchlik, insonparvarlik va bag`rikenglik  g`oyalarini ulug`lash, xalqimizning buyuk tarixi, boy madaniy-ma`rifiy merosini tiklash va dunyoga targ`ib etish borasidagi doimiy e`tibor va g`amxo`rligingizning yuksak amaliy namunasi sifatida ayniqsa tahsinga sazovordir”, – deyiladi murojaatda. 

Darhaqiqat, ushbu markaz o`zbek xalqining ulug`vor tarixi va madaniy merosi hamda diniy qadriyatlarining betakror timsoli sifatida bunyod etilayotgani qayd etilib, murojaatda shunday fikrlar bildirildi: “Bugungi tahalikali davrda, xususan, islom nomi bilan amalga oshirilayotgan xurujlar avj olgan bir sharoitda, ushbu markaz har qanday yot g`oyalarga qarshi ilmiy raddiyalar  orqali javob beradigan hamda yoshlarimizni to`g`ri yo`lga boshlashda etakchi markazlardan biriga aylanadi. Shuningdek, bu erdagi barcha muzey ekspozisiyalarida aks etadigan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari barcha yoshlarimizni Yangi O`zbekistonni barpo etishdek buyuk vazifaga etaklab, buyuk ajdodlarimiz tarixi haqidagi to`g`ri fikrni shakllantirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz.”

Biz, Forum ishtirokchilari, Islom sivilizasiyasi markazi negizida yuksak intellektual bilim va ta`lim markazini barpo etishdek ulug` ishlarga birinchi yordamchingiz bo`lishga, bor bilim, tajriba va iste`dodimizni berishga va`da beramiz, bu erda yangi g`oyalar ishlab chiqiladi, kashfiyotlar ro`y beradi”, — deyilgan iste`dodli olimlar, yosh tadqiqotchilar, fanimizning turli sohalari vakillari tomonidan qabul qilingan Murojaatnomada.

Anjuman yakunida O`zbekistondagi Islom sivilizasiya markazining ilmiy-ma`rifiy faoliyatini yanada takomillashtirish, uning tarkibidagi muzey ekspozisiyasi bilan bog`liq ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy kengashni tashkil etish bo`yicha forum ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilindi. Mazkur Ilmiy kengash forum doirasida bildirilgan 600 dan ortiq takliflarni o`rgangan holda ularni amaliyotga joriy etish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqadi hamda hukumatga taqdim etadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1