Xabaringiz bor joriy yil O`zbekiston futzal bo`yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 14 sentyabr — 6 oktyabr kunlari o`tkazilishi belgilangan mundialga tayyorgarlik ishlari allaqachon qizg`in pallaga kirgan.
Kecha (3 iyul) sanasidan boshlab esa O`zbekiston futzal milliy terma jamoasi yig`inlarini boshladi. Unga Bosh murabbiy tomonidan 21 nafar futzalchi jalb etilgan.
Bundan tashqari O`zbekiston futzal milliy jamoasi sardori Dilshod Rahmatov va Akbar Usmonovlarning ham oldinda turgan uchrashuvlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Ma`lumot uchun, yig`in doirasida O`zbekiston futzal milliy jamoasi 2024 yilgi mundial ishtirokchisi Gvatemala terma jamoasiga qarshi 11 va 12 iyul kunlari xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
Bundan tashqari O`zbekiston futbol assosiasiyasi Mirabror Usmonov xotirasiga bag`ishlab, futzal bo`yicha xalqaro turnir tashkil etadi. Unda O`zbekiston, Tojikiston, Qirg`iz Respublikasi va Gvatemala futzal terma jamoalari ishtirok etadi.
Uchrashuvlar 19–24 iyul kunlari “Yunusobod” sport majmuasida o`tkazilishi rejalashtirilgan.