1

O`zbekistonlik dzyudochilar Olimpiadaga tayyormi?

Sport 04.07.2024, 22:46
O`zbekistonlik dzyudochilar Olimpiadaga tayyormi?

Fransiya poytaxti mezbonligida o`tadigan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi Parij-2024 yozgi Olimpiada o`yinlariga sanoqli kunlar qoldi. O`zbekistonlik sportchilar unda munosib ishtirok etish uchun astoydil bel bog`lashgan. Jumladan dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zolari ham. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasida mazkur musobaqa avvalidan federasiya rahbarlari hamda dzyudochilar ishtirokida Parij Olimpiadasi oldidan so`ngi matbuot anjumani tashkil etildi. 

Alohida e`tirof etish kerak, dzyudochilar O`zbekiston delegatsi hisobiga eng ko`p yo`llanma taqdim qilgan jamoa hisoblanadi. Ular tomonidan qo`lga kiritilgan lisenziyalar soni 13 tani tashkil qilsa, shundan 12 tasi yakkalik va yana bir yo`llanma jamoaviy bellashuv uchun naqt qilingan. Shubhasiz, bu o`zbek dzyudosi uchun tarixiy natijadir. Matbuot anjumanida bu kabi yutuqlar faxr bilan tilga olindi. Endigi vazifa esa tarixni yangilash. 

“O`zbek dzyudosi tarixida Olimpiada chempionlari yo`q! O`sha kunni kutyapti hamma. Shahsan o`zim ham. Menimcha u erdagi "atmosfera" boshqacha bo`ladi. O`zbekiston dzyudo terma jamoasining o`z shiori bor, "Har qadamda tarixni yangilash". Biz Parijda tarixni yangilamoqchimiz”, - deydi dzyudochi Muzaffarbek To`raboev.

Anjuman davomida terma jamoamizning bugungi kunda olib borayotgan tayyorgarligi haqida batafsil ma`lumotlar berildi. Xususan jamoa sardori, Tokio 2020 Olimpiada o`yinlarining bronza medali sohibi Davlat Bobonov kichik jarohat sabab, so`ngi musobaqalarda ishtirok eta olmagan bo`lsada, uning hozirgi jismoniy va ruhiy holati yaxshi ekani, musobaqada munosib ishtirok etishga 100 foiz tayyor ekanini ma`lum qildi. 

"Har doimgidek, Tokio olimpiadasiga ham, Parij olimpiadasiga ham bizga qilingan e`tibor va sharoitlar eng yuqori darajada. Bu taraflama Tokio olimpiadasidan keyin ham aytganman, hamma bizga hamma sharoitni qilib berilgan. Yutqizishlar yo shunga o`xshash narsalar bo`lsa bu bizni sportchilarni aybi bilan bo`ladi", - deydi dzyudochi Davlat Bobonov.

Ma`lumot uchun, Diyora Keldiyorova va bir qator dzyudochi qizlarimiz ayni paytda Yaponiyada mashg`ulot olib borishmoqda. 14 iyul kuni esa terma jamoamiz to`liq tarkibda so`nggi yig`inni o`tkazish uchun Fransiyaga yo`l oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1