1

Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi yomon natija qayd etdi

Dunyo 05.07.2024, 09:25
Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi yomon natija qayd etdi

Buyuk Britaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo`lib o`tdi.

Parlament va hukumat leyboristlar partiyasi qo`liga o`tdi. Partiya g`alaba uchun zarur bo`lgan 326 ta o`rinni qo`lga kiritdi. Egzit-pollar partiya 400 tadan ko`proq o`rinni egallab, 1997 yilgi Toni Bler natijasiga qariyb yaqinlashishini prognoz qilishmoqda.

Kir Starmer Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri bo`ladi.

Bosh vazir Rishi Sunak boshchiligidagi konservatorlar partiyasi partiya tarixidagi eng yomon natijani ko`rsatib, og`ir mag`lubiyatga uchradi.

Konservatorlar 14 yildan beri mamlakat hukumatini boshqarib kelayotgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1