1

Toshkentdagi “Qatortol” savdo markazida janjal bo`ldi

Jamiyat 05.07.2024, 10:28
Toshkentdagi “Qatortol” savdo markazida janjal bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 4 iyul kuni taxminan soat 19.30 larda Chilonzor tumanidagi savdo markazlarining birida, oldindan tanish bo`lgan 2004 yilda tug`ilgan A.O. va 1990 yilda tug`ilgan F.U. qarz masalasida tortishib o`zaro janjallashib ketgan, ularning janjaliga 2007 yilda tug`ilgan F.O. aralashib, bir-birini qo`l va oyoqlari bilan urgan. Zudlik bilan voqea joyiga etib kelgan PPX xodimlari tomonidan janjal to`xtatilgan. Tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1