1

Qarshida BYD va “Spark” ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 05.07.2024, 12:08
Qarshida BYD va “Spark” ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi

Qarshi shahrida inson o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Ma`lum bo`lishicha, 2024 yil 04 iyul kuni soat taxminan 07:53larda Qarshi shahar “Bo`ston” MFY hududidan o`tuvchi 4R-92 davlat ahamiyatdagi “Qarshi–Tallikuron-Kasbi-Jeynov-Pomuq” avtomobil yo`lining 2 km.da, haydovchi, R.A. boshqaruvida bo`lgan Spark rusumli avtomobili bilan Kasbi-Qarshi yo`nalishi bo`yicha boshqarib kelib, orqaga burilyotganida orqasidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, X.L. boshqaruvida bo`lgan BYD SONG PLUS rusumli avtomobilining harakat yo`liga chiqib ketib to`qnashib, ketishi oqibatida qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, R.A. boshqaruvida bo`lgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasi bilan “Spark” rusumli avtomobil to`qnashib YTX sodir etgan.

Natijada, Spark rusumli avtomashina haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko`rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1