Quyida bolani shaxs sifatida tarbiyalashda har bir ota-ona bilishi kerak bo`lgan asosiy qoidalar quyidagicha.
1. O`z qiziqishlaringiz va xobbingizni bir chetga butunlay yig`ishtirib, butun vaqtingizni farzandingizga baxsh etish sizga ham bolaga ham foyda keltirmaydi. Aksincha, orzu-niyatlaringizga erishish yo`lidagi mehnatingiz bola tarbiyasiga ijobiy ta`sir qilishini unutmang.
2. Har kech bolangiz bilan dars qilasiz. Ammo bugundan boshlab boshqa yo`lni qo`llab ko`ring. Uy vazifalarining bajarilishiga o`quvchining o`zi mas`ul, degan haqiqatni qabul qiling. Faqat o`zi yordam so`ragandagina ko`mak bering, to`g`ri yo`lga yo`naltiring.
3. Ko`pchilik ota-onalar o`z aybini yuvish uchun bolaga sovg`alar harid qiladi. Bu noto`g`ri usul! Bolaga kichik chiqimlari uchun pul berib turing. Bola pulni o`zi to`g`ri taqsimlashi va ortig`ini o`yinchoq olishga yig`ishni o`rganishi kerak. Sizga esa bu jarayonni kuzatib, bolaga o`rgatib turish yuklanadi xolos.
4. Ko`pincha ota-onalar bolaning yomon axloqi sababiga qiziqmaydilar. Uni tezroq tinchitib qo`ya qoladilar. Zukko ota-onalar esa bunday axloqning tagiga etib, muammoni birga hal qiladilar.
5. Siz birinchi o`rinda farzandingiz omadli va o`qimishli bo`lishini istaysiz. Buning o`rniga bola bilan iliq va samimiy aloqalarda bo`lishni istang shundagina barcha istaklaringiz ijobatini ko`rasiz.
6. Farzandingizni hadeb turli hil muammolardan himoya qilavermang. Mumkin bo`lgan holatlarda bolaga xato qilishiga qo`yib bering. Undan so`ng esa bolaga bu xatodan dars olishga ko`maklashing.
7. Deyarli barcha ota-onalar bola yig`lamasligi va janjal qilmasligi uchun, unga ko`p narsalarga ruxsat beradilar. Bolalar esa bundan foydalanadilar. Bolani boshingizga chiqarmang. Shunda nafaqat o`ziningizning shaxsiy hududingizni, balki bolaning shaxsiy hududini ham hurmat qilgan bo`lasiz.
12.07.2017, 12:30
Kaliforniyada yashovchi 62 yoshli liviyalik Muhammad Bzik 20 yil mobaynida bedavo dardga chalingan 80 nafar bolani boqib oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Muhammadning so`zlariga qaraganda,...12.07.2017, 11:19
Olmaota polisiyasi bolani yukxonaga joylashtirgan mashina haydovchisini qidirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Nashrning xabar berishicha, bolani mashina yukxonasiga joylashtirgan "Folksvagen" avtomashinasi haydovchisi qonunbuzarlikka yo`l qo`ygani...12.07.2017, 09:53
Chet ellik oila Ostona shahrida o`tkazilgan EXPO-2017 ko`rgazmasi hududida 2 yoshli bolani unutib qoldirishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Er-xotin ko`rgazmadan chiqib ketgandan keyin bolani unutib...11.07.2017, 14:32
Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli. AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik...