1

​Camolyotda tug`ilgan qizaloqqa aviakompaniya ajoyib sovg`a tayyorladi

Dunyo 13.02.2017, 17:06
Teglar: Farzand, Chaqaloq, Samolyot, Ona va bola, Qiz
​Camolyotda tug`ilgan qizaloqqa aviakompaniya ajoyib sovg`a tayyorladi

Ba`zida chaqaloqlar tug`ilish uchun shunchalik shoshilishadiki, ular kutilmagan paytda, kutilmagan joyda dunyoga kelishadi. Xeyven ismli qizaloq ham tezroq yorug` dunyoni ko`rish uchun Dubaydan Manilaga parvozni amalga oshirayotgan samolyot bortida, samoda tug`ildi. Bunday noqulay vaziyatga tushib qolgan ekipaj a`zolari vahimaga tushmay, nafaqat homilador ayolga yordam berishdi, balki aviakompaniya tomonidan yangi tug`ilgan qizaloqqa ajoyib syurpriz tayyorlashga ham ulgurishdi.

Homilador ayolning farzand ko`rishiga hali besh hafta bor edi. Ammo Xeyven samoda tug`ilishdek buyuk imkoniyatni qo`ldan boy berishni istamadi, samolyotning erga qo`nishiga 5 soat qolganida homilador ayolni to`lg`oq tutdi. Aviakompaniyaning ma`lumot berishicha, bu ekipaj a`zolarining ilk marotaba tug`ruqni qabul qilishi bo`lgan. Ammo shunga qaramay, ular mazkur vazifani a`lo darajada uddalashdi, chunki bort kuzatuvchilari tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha ma`lumotga ega bo`lishadi. Yo`lovchilar orasida bo`lgan hamshira ham ona va bolaga yordam berish uchun qo`lidan kelgancha harakat qildi. Yosh bolali yo`lovchilar esa chaqaloq uchun zarur bo`lgan bolalar kiyimlarini berishdi.


Tug`ruq oson va hech qanday asoratlarsiz o`tdi. Qizaloq tug`ilgandan keyin yosh ona farzandi bilan joyiga qaytib keldi. Samolyot kapitani Xeyven va onasini gospitalga yotqizish uchun rejalashtirilmagan qo`nishni amalga oshirib, samolyotni Hindistonga qo`ndirishga qaror qildi. Bu voqeadan keyin reys kechga qolgan bo`lsa-da, yo`lovchilardan shikoyatlar tushmadi. Aksincha ular bunday quvonchli hodisaning guvohi bo`lganliklaridan mamnun bo`lishdi. Hammadan ham ko`proq Xeyvenning omadi keldi. Cebu Pacific Air aviakompaniyasi rahbariyati qizaloqqa dunyo bo`ylab, tekin parvozni amalga oshirish uchun million aviamilni hadya etdi. Bu sovg`aning bahosi 108 ming dollarni tashkil etadi. Mazkur aviamilning muddati cheklanmagan, undan nafaqat Xeyven, balki uning barcha oila a`zolari ham foydalanishlari mumkin.


“Kichkintoy Xeyven! Sen ilohiy mo``jizasan, chunki 11 kilometr balandlikda, samoda dunyoga kelding. Dunyoga kelishingga ko`maklashganimiz uchun biz ham juda xursandmiz. Sen bizning eng unutilmas yo`lovchimiz bo`lib qolasan!” deb tilak bildirdi aviakompaniya.


Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Dehlidan Chikagoga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo`ndi

08.05.2024, 10:48

Dehli-Chikago yo`nalishida AI-127 reysini amalga oshirayotgan “ Air India” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi. Favqulodda qo`nishga yo`lovchilardan birining sog`lig`i yomonlashgani sabab bo`lgan. Samolyotda...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1