1

​Britaniyalik befarzand oila bola o`rniga o`yinchoqni farzandlikka oldi

Dunyo 28.02.2017, 15:54
Teglar: Farzand, Oila, Chaqaloq
​Britaniyalik befarzand oila bola o`rniga o`yinchoqni farzandlikka oldi

Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida yashovchi, farzand ko`rish imkoni bo`lmagan er-xotin o`yinchoq chaqaloqni farzandlikka oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Jeyn Berri (Jane Berry) 22 yoshdaligida unga vrachlar farzand ko`rolmasligini ma`lum qildi. U hozir 39 yoshda, osteoporoz kasalligidan aziyat chekadi. Jeyn turmush o`rtog`i 51 yoshli Piter Marfli (Peter Marflee) bilan uchta o`yinchoq chaqaloq sotib olib, ularga Emi, Eshli va Xloya deb ism qo`ydi. Er-xotin o`yinchoq “farzandlari” bilan birga sayohatga, sayrga chiqishadi, ularni xuddi tirik bola kabi ovqatlantirishadi. Ular avtomobillarining orqa o`rindig`iga o`yinchoq “bolalar” uchun maxsus o`rindiqlar o`rnatishdi.

“Bizning o`yinchoq chaqaloqlarni farzandlikka olganimiz aksariyat odamlarning ensasini qotiradi va bizni jinni deb o`ylab, haqoratomuz xabarlar qoldirishadi”, dedi Berri .

Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

01.01.2022, 21:48

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1