1

​Xitoylik ayol o`g`il tuqqandan keyin 6 kun o`tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi

Dunyo 02.03.2017, 11:24
Teglar: Farzand, Ayol, Chaqaloq, Ona va bola
​Xitoylik ayol o`g`il tuqqandan keyin 6 kun o`tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi

Xitoyning Xebey viloyati Ichan shahrida yashovchi ayol o`g`il tuqqandan keyin olti kun o`tgach, egizak qizlarni dunyoga keltirdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Ayol 2012 yilda turmush qurganiga qaramay, farzandi bo`lmagan, 2016 yilning avgust oyida Uxan shahridagi kasalxonalardan birida davolanib, uchta bolaga homilador bo`ldi.

U 21 fevral kuni vazni 1,44 kilogramm bo`lgan o`g`il farzandli bo`ldi va shu bilan to`lg`og`i to`xtadi. Ayolning davolovchi akusheri homiladorlikni davom ettirish kerak, degan qarorga keldi. Ayol o`tgan dushanba, 27 fevral kuni egizak qizaloqlarni dunyoga keltirdi.

“Befarzand yurgan paytlarim juda ham bola ko`rishni orzu qilgandim. Mana endi 3 nafar farzandim bor, ba`zida ularni yupata olmay, shoshib qolyapman”, dedi ayol.

Ayni paytda chaqaloqlar tug`ruqxonaning jonlantirish bo`limida saqlanmoqda. Ayolni davolagan akusherning aytishicha, bunday hodisaga u 20 yillik ish tajribasi davomida ilk marotaba duch kelgan. Uning aytishicha, ayolning o`g`il farzandi alohida parda, egizak qizlar esa bitta parda ichida bo`lgan.

Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

01.01.2022, 21:48

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1