26 mart, yakshanba kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi rus millatiga mansub 53 yoshli ayol spirtli ichimlik ichishi oqibatida 35 yoshli o`g`lini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifing chog`ida ma`lum qilindi.
O`sha kuni ayol tug`ilgan kunini nishonlayotgan edi. O`g`li onasini tabriklash uchun kelganida ona shirakayf edi. Ular birgalikda yana spirtli ichimlik ichishdi. Shunda ona va bola o`rtasida janjal kelib chiqdi. Oxir-oqibat o`zini himoya qilishga uringan ona o`g`liga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. Buning oqibatida 35 yoshli erkak vafot etgan.
Ona IIB xodimlariga bergan ko`rsatmasida hech narsa esida yo`qligini, afsusda ekanligini ma`lum qilgan.
Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.
07.09.2022, 12:07
Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...10.01.2022, 21:58
Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...10.08.2021, 17:29
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...10.08.2021, 16:44
2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...